Маҳалла

Чоп этиш

07.09.2020

Bektemirlik ishsiz xotin-qizlarni munosib ish bilan ta'minlash choralari ko‘rildi

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Toshkent shahar Bektemir tumanidagi “Zilola” va “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, hududdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bilan uchrashdi. Mazkur mahallalardagi 50 nafardan ziyod xotin-qizlar qatnashgan uchrashuvda Bektemir tumani hokimi va o‘rinbosarlari ham ishtirok etishdi. 

Joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishtirokchi xotin-qizlarning 2 nafariga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Xotin qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash fondi”dan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli kreditlar berish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, 4 nafar ayol qayta kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi. 3 nafar ayolning o‘z uyida kasanachilik bilan shug‘ullanishlari uchun, shuningdek, qolgan xotin-qizlarga ham egallagan mutaxasisliklariga mos bo‘lgan bir qancha ishlar taklif etildi. 

Jumladan, fuqaro Lobar Nurmatovaga shahar 6-sonli shifoxonasidan hamshiralik, Zarnigor Zaitova va uning opasi, shuningdek, Mavlyuda Xudoyberganovaga Global tekstil korxonasidan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish takliflari bildirildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan xotin-qizlarni munosib ish bilan ta'minlash maqsadida tuman mas'ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Бошқа янгиликлар

Вазирлик янгиликлари

2021 © Ўзбекистон Республикаси маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги

Мазкур вебсайт БМТ Тараққиёт Дастури билан ҳамкорликда Япония ҳукумати молиявий кўмагида яратилган