Ҳудудий янгиликлар

Чоп этиш

23.09.2020

Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash Yangiyoʼl tuman boʼlimi Guliston mahallasidagi Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi oʼtkazildi

Yangiyoʼl tumanida tuman hokimligi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash tuman boʼlimi, Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi va Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tuman boʼlimi hamkorligida Guliston mahallasidagi "Barkamol avlod" bino hovlisida "Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi" oʼtkazildi. 

 Mehnat yarmarkasiga Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining vazir oʼrinbosari B.Parpiev tashrif buyurdi. Tashrif chogʼida B.Parpiev va 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazildi. 

  Mazkur yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan yirik ish oʼrinlariga ega boʼlgan 38 ta korxona va tashkilotlar boʼsh ish oʼrinlari bilan ishtirok etishdi. 

 Ushbu mehnat yarmarkasida tumanda istiqomat qilayotgan 125 nafar fuqarolar qatnashdi. Shundan 38 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan boʼlsa, 18 nafar fuqarolar "Tillaqosh" hamda "Shoirabegim" oʼquv markazlariga oʼqish uchun yoʼllanmalarni olishdi.

Бошқа янгиликлар

Вазирлик янгиликлари

2021 © Ўзбекистон Республикаси маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги

Мазкур вебсайт БМТ Тараққиёт Дастури билан ҳамкорликда Япония ҳукумати молиявий кўмагида яратилган