Маҳалла

Чоп этиш

03.10.2020

Mahallalar faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriRahmat Mamatov mahallalar faoliyatini yaqindan o‘rganish, tizimda amalga oshirilayotgan ishlarbilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Dastlab, Bo‘zatov tumanidagi “Yoshlar” markazida nuroniylar va iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida tumanning yangidan tashkil etilishi natijasida hududda aholiga yaratilayotgan qulayliklar, amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarda keksa avlod vakillarining o‘rnini yana-da mustahkamlashborasida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shubilan birga, ertamiz egalarining qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ularning isteʼdodlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, vazir R.Mamatov yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Bozataw textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Qolaversa, xodimlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning muammolarini atroflicha o‘rgandi va takliflarini tingladi. 

Keyingi manzil esa “Bo‘zatov” shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Juginis Jumanazarov xonadoni bo‘ldi. Xonadon egasi bilan suhbat davomida unga shaxsiy tomorqa va issiqxonadan samarali foydalanish orqali daromad topish va oila aʼzolari bandligini taʼminlayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirib, bunday saʼy-harakatlarni keng yoyish, uni boshqalarga ham namuna qilib ko‘rsatish kerakligini taʼkidladi.

Bundan tashqari vazir R.Mamatov “Bo‘zatov” va “Qusxanatao‘” fuqarolar yig‘inlarida ham bo‘lib, hududda aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor hamda jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, fuqarolar yig‘inlari binolarining moddiy-texnik bazasi va mahalla raislari va o‘rinbosarlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Qolaversa, bu borada erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tizimdasamaradorlikni yana-da oshirish yuzasidan xodimlarga zarur topshiriqlar berdi

Fotoreportaj

Бошқа янгиликлар

Вазирлик янгиликлари

2021 © Ўзбекистон Республикаси маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги

Мазкур вебсайт БМТ Тараққиёт Дастури билан ҳамкорликда Япония ҳукумати молиявий кўмагида яратилган