Neighborhood 28 May 2021,09:56 800
Print

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Qashqadaryo mahallalarida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Chiroqchi tuman hokimi va boshqa masullar bilan birga “Oq oltin” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtiril ishlari bilan yaqindan tanishdi.
107- sonli umumtalim maktabi, mahalla guzari va bolalar bog‘chasi qurilish ishlari bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar holati o‘rganildi.
Shuningdek, sayyor qabul tashkil etilib, fuqaro murojaatlari o‘rganildi. Murojaatchi Boyquvvatova Azizaning 5 nafar farzandi uyli-joyli bo‘lgan. 1 nafar farzandi Umrzoqova Barno Oqmirza qizi 2002 yilda tug‘ilgan, ko‘zi ojiz, bolalikdan 1-guruh nogironi. A.Boyquvvatova o‘g‘li Umrzoqov Mirjalolning oilasi bilan yashaydi. O‘g‘lining 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Yashab turgan uy-joyi 50 sotix yer-maydondan iborat bo‘lib, 3 xo‘jalik yashaydi. Artezian qudug‘i bor, tomorqasiga uy-ro‘zg‘or uchun kerakli ekinlar ekilgan, 1 bosh qoramoli va parrandalari bor. Ushbu oilaga muntazam yordam ko‘rsatib kelingan bo‘lib, endi u yashab turgan uy-joyini ta’mirlash va ariston o‘rnatib berilishini so‘radi. Fuqaroning murojaati yuzasidan unga ariston olib berildi.
R.Mamatov rahbarligidagi masullar, shuningdek, yana 16 ta xonadonga kirib, muammolar o‘rganildi. 7 ta fuqaroning muammosi joyida bartaraf etildi.
Shuningdek, Raxmat Mamatov Muborak tumanining “Quruvchilar”, “Tong” va “Muborak” mahallalarida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, masullarga zaruriy topshiriqlar berildi. “Quruvchilar” mahallasidagi 10/7, 10/8 ko‘p qavatli uylardagi tamirlash ishlari, bolalar uyingohi va aholi uchun qurilgan obektlar o‘rganildi.
“Tong” mahallasidagi yirik siyosiy tadbir o‘tkaziladigan obektlar, “Niyezxon” qishlogida “Obod qishloq” dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Yangi qurilayetgan go‘zallik saloni va erkaklar sartaroshxonasi qurilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech