Gender equality 11 May 2021,15:19 937
Print

Rahbarlik lavozimida xotin-qizlar ulushi

Keyingi yillarda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada oshirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada 6 nafar ayollar hokim lavozimida faoliyat yuritmoqda, bir qator sohalarda ayollarimiz vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi.

Ayni kunlarda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ijtimoiy faol ayollarni tizimli o‘qitish, malakasini oshirish ishlarini davom ettirish maqsadida 100 dan ziyod vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda faol ayollardan iborat rahbarlik lavozimlariga zahiraga olingan ayol kadrlar ro‘yxatini qayta shakllantirdi, to‘ldirdi. Bugungi kunga kelib rahbarlik lavozimlariga zahiraga olingan ayol kadrlar soni 6 ming nafardan 15 ming nafarga ortdi.

Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan hamkorlikda yagona o‘quv dasturi ishlab chiqilib, rahbarlik lavozimlariga zahiraga olingan ayol kadrlarni tizimli ravishda o‘qitish, rahbarlik faoliyati uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish, ularni maqsadli tayyorlash ishlari tashkil etiladi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech