8 May 2021,15:15 956
Chop etish

Nuroniy onaxonlarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi “Adolatli qaynona” tanlovini o‘tkazadi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi va O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlik 2021 yilning iyun-avgust oylarida “Adolatli qaynona” ko‘rik-tanlovini o‘tkazadi.
Maqsad - oilasida namunali ma’naviy muhitni shakllantira olgan, adolat tarozisini teng tuta olgan qaynonalarning boy hayotiy tajribalarini ommalashtirish, nikohning muqaddasligini yoshlarga tushuntirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlashda ibrat bo‘la olgan namunali qaynonalarni keng targ‘ib qilish va rag‘batlantirish.
Shuningdek, mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” Kengashlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirish.
Ko‘rik-tanlov tuman, viloyat va respublika bosqichlarida bo‘lib o‘tadi va g‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutadi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech