Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2020-yilda Mahalla va oilarni qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot

2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi belgilab berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish vazifalari belgilangan.

Mazkur Qonun va Farmonda aks etgan talablaridan kelib chiqqan holda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan 2020-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Vazirlik va uning joylardagi tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishlarni samarali tashkil etishda alohida e’tibor davlat organlari va jamaotchilik uyushmalari bilan hamkorlikka qaratilmoqda.

Shu maqsadda 2020-yilning may oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan “Hamkorlik Memorandum”lari imzolandi.

Shuningdek, 2020-yilning 24-iyul kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Bosh Prokuratura, Ichki ishlar hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan hamkorlikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida odam savdosi, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlandi.

Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurash choralari samaradorligini oshirish maqsadida 2020-yilning 10-avgustidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy ishchi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ishchi guruhga mahalla tizimi xodimlarini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan korrupsion huquqbuzarliklarni oldini olish kabi vazifalar belgilandi.

Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inlari xodimlari o‘rtasida korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida eksperiment tariqasida Navoiy, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida “Ichki nazorat guruhlari” tashkil etildi va kelgusida ham tahlil natijalari asosida barcha hududlarda guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Aholining huquqiy ongini oshirish, jamiyatda qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tgan davr mobaynida 100 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, har haftaning payshanba kunlari o‘tkazilayotgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari doirasida aholi o‘rtasida yosh avlodni korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash borasida 53 mingdan ziyod targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech