Keksalar va faxriylar faoliyatini muvofiqlashtirish

 Keksalarning hayot darajasini yuksaltirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, keksalar va faxriylarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rnini kuchaytirish;

Keksalar va faxriylar, yakka-yolg‘iz yashovchi qariyalar, nogironlarning ijtimoiy muhofazasini ta'minlash;

Oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta'minlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, muammoli oilalardagi nizolarni bartaraf etishda keksa va faxriylarning hayotiy tajriba va bilimlaridan samarali foydalanish;

Keksalar va faxriylarning ijtimoiy – siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

Keksalar va faxriylarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an'analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga, oilalarni mustahkamlash, nizolarni oldini olishga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;

Jamiyatda faol ishtirok etib kelayotgan keksalar va faxriylarni rag‘batlantirishning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech