Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan 2021-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan 2021-yil uchun mo‘ljallangan

ISH RЕJASI

 Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

 Fuqarolar yig‘inlarining tashkiliy-huquqiy tuzilmasini takomillashtirish, faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilash, mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayonlarini yanada demokratlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish

Fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yig‘ini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish

“2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘kishga kabul kilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga takliflar tayyorlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyati samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga takliflar tayyorlash.

“Mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida yangi tizimni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasiga takliflar tayyorlash.

Loyihada:

mahalladagi dolzarb masalalar va aholi muammolari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari raislarining axborotlarini eshitish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida haftada bir marotaba “Mahalla soati”ni o‘tkazish tizimini joriy qilish;

Sektor rahbarlari mahallada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot berib borish tizimi yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Mahallalarda “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasiga takliflar tayyorlash.

Fuqarolar yig‘inlaridagi “Jamoatchilik nazorati maskanlari”da “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2022 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko‘maklashishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga takliflar tayyorlash.

Yoshlar o‘rtasida til madaniyatini oshirishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazish, jumladan, “Zulfiyaxonim kizlari”, “Mard o‘g‘lonlar” tanlovlari nizomlariga nomzodlarning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlik darajasini aniqlash sharti bilan to‘ldirish.

Aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla - sektor - Xalq qabulxonasi - mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimini kuchaytirish bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan Xalq qabulxonasining qo‘shma dasturi ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari  va Hukumat qarorlari ijrosini maqsadli o‘rganish natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi  Rayosati majlislarida hisobotlar berish

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin- qizlarni tayziq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish.

“Xotin-kizlarni tazyik va zuravonlikdan ximoya kilish to‘grisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konuni ijrosini Samarqand viloyatida ta’minlash yuzasidan barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlari mas’uliyati to‘g‘risida.

Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni soglomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlashni yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish.

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020 yil 14 avgustdagi 485-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Musayev huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin- qizlar bilan ishlashni yangi darajaga olib chiqish chora- tadbirlari to‘grisida” 2020 yil 18 fevraldagi PF - 5938-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida hisobot berish.

Mahalla institutining roli va ahamiyatini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy- ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish- chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18fevraldagi PF-5938-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.

Mahallalardagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish maqsadida “Mahalla – jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi” mavzusida davlat idoralari va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish.

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun o‘kuv seminarlarini tashkil etish.

Vazirlik tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hujjatlar bilan ishlashda elektron hujjat almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mas’ul xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etish.

Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida viloyat, shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarning o‘quvlarini tashkil qilish.

Mahallada ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish.

22 mart - “Mahalla tizimi xodimlari kuni”ga bag‘ishlab joylarda tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda “Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini qanday baholaysiz?” mavzusida aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish orqali fuqarolar yig‘inlarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini ishlab chiqish.

Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijalari asosida mahallalarni toifalarga ajratish va aniq yo‘naltirilgan maqsadli ishlarni ishlab chiqish.

Zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo va qo‘shnichilik munosabatlari, boy madaniy va tarixiy meros hamda an’anaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab- quvvatlash maqsadida “INNOWOMEN WEEK” haftaligini o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish, shuningdek, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida hamda ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish borasida keksa avlod vakillarining rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni uchun nomzodlarni saralash va mukofotlash tadbirlarini tashkil etish.

“Qizlar odobi targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish haqida takliflar tayyorlash

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalaridagi kadrlar bilan ishlash jarayonlarini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uslubiy ko‘maklashish.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimida yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, har tomonlama munosib va malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya qilish.

 Xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish

 Joylarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilishda bilim va kasb - hunar o‘rgatish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish.

Xotin-kizlap bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilgan 28 ta tuman va shahardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan biznesda katta yutuqlarga erishgan, kasbining ustasiga aylangan shaxslar va tadbirkorlar, olimlar ishtirokida professional ta’lim muassasalarida uchrashuvlar tashkil etish.

Xorazm viloyatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirayotgan ishlarni tahlil qilish.

Respublika bo‘yicha joriy etilgan xotin-qizlar bilan ishlashning yangi tizimi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini tahlil qilish.

Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan oilalar bilan ishlashda joylardagi Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilatatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarning bu borada olib borayotgan ishlarni tahlil qilish.

Mahallalarda deputat ayollar, o‘z sohasida yuksak natijalarga erishgan xotin-qizlar ishtirokida “Mamlakat taraqqiyotida xotin-qizlar o‘rni” mavzusida davra suhbatlari hamda uchrashuvlar haftaligini tashkil etish.

Oila va ayollar masalalari bilan shug‘ullanuvchi NNTlarning davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolar bilan o‘zaro manfaatli korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Xotin-qizlarning eng yaxshi “startap” loyihalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

Uy bekalarining kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida mahallalarda ma’rifiy haftaliklarni o‘tkazish.

“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda idoralararo hamkorlikning istiqbollari” mavzusida respublika forumini tashkil etish

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning biznes sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tizimini joriy etish

30-45 yoshdagi uy bekalari o‘rtasida “Fayzli xonadon sohibasi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish.

“Ayol va zamon: xotin-qizlar muammolarini hal etishning shakllari” mavzuida onlayn muloqot o‘tkazish.

Xotin-kizlar tadbirkorligini rivojlantirish xamda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan ayollarga yordam berish maqsadida:

6,5 ming nafar xotin-qizlarning kichik tadbirkorlik loyihalariga imtiyozli kreditlar berish;

1 ming 600 nafar og‘ir turmush sharoitidagi, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida uylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;

6 ming nafar xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan taminlash hamda 205 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni jarrohlik yo‘li bilan sog‘lom hayotga qaytarish choralarini ko‘rish.

Nizoli hududlardan qaytgan ayollar va ularning bolalarini, mehnat muhojirlarning farzandlarini va ixtisoslashgan o‘quv-tarbiya muassasalarini tark etayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning oilalarini jamiyatga moslashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Respublika bo‘yicha 8200 nafar xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan taminlash.

Har bir tuman(shahar)dan 1 nafar tayanch harakatlari cheklangan, boshqa (artroz, koksa-artroz, serroz va boshqa) tashxisi qo‘yilgan xotin-qizlarni davolash, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va sog‘lom hayotga qaytarish.

25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan davra suhbatlari, seminar va treninglar o‘tkazish.

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyatini takomillashtirish, markaz mutaxassislari uchun o‘quvlar tashkil etish, tazyiq va zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish

“Mamlakat taraqqiyotida xotin-qizlar ulushi” loyihasini amalga oshirish.

Mahallalarda va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash

Hududdagi yosh kelin va qaynonalar o‘rtasida “Qaynona-kelin mas’uliyati”, mavzusida davra suhbatlarini olib borish.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizolarni hal etishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish tizimini joriy etish.

Mahalla guzarlarida har haftaning shanba kuni “Salomatlik kuni” deb e’lon qilish va unda aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha turli tadbirlarni tashkil etish.

Zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo va qo‘shnichilik munosabatlari, boy madaniy va tarixiy meros hamda an’anaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari asosida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlarni doimiy va mavsumiy mehnat bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan “Mahalla bunyodkori” loyihasini ishlab chiqish.

“Barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashda oilaviy tadbirkorlikning o‘rni” mavzusida onlayn konferensiyalar tashkil etish

Mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

“Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda idoralararo hamkorlikning istiqbollari” mavzusida hududiy va respublika konferensiyalarini tashkil etish va o‘tkazish.

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari va mahallalarda tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatini samarali tashkil etish.

“Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning o‘rni: ijtimoiy faollik, huquqiy va siyosiy madaniyat” mavzusida targ‘ibot oyligini o‘tkazish.

“Rahbar ayolning bir kuni” mavzusida OAVlarda suhbatlar tashkil etish.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida “Islohotlar va yurt taraqqiyotiga mening hissam” mavzusidagi onlayn konferensiyalar o‘tkazish.

Tuman (shahar)larda 11 oktabr–“Xalqaro qizlar kuni”iga bag‘ishlab, “Qizlar festivali”ni tashkil etish.

Ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli, mavjud nizolarga aniq diagnozlar qo‘yish orqali yangicha yondashuv bilan ishlash tizimini yaratish.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida nikohga kirish uchun ariza bergan yosh kelin-kuyovlarni huquqiy, tibbiy, diniy, psixologik o‘quvlarga jalb qilish.

Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ilmiy individual yondashuv asosida ishlash tizimini yaratish.

BMTning bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF) bilan hamkorlikda Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida “Qurolli mojaro zonalaridan qaytgan oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish.

Vazirlik, idora, tashkilotlar o‘rtasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar sport festivalini” o‘tkazish.

Mahalla institutining ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan uzluksiz, tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish

Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oilalarda maishiy zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish hamda ularda ishsiz bo‘lgan oila a’zolarining bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Mahallalarda jinoyatchilikdan xoli muhitni yaratishda harbiy xizmatchilarning o‘rni va rolini kuchaytirish choralarini ko‘rish.

Mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shu jumladan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ularga o‘z vaqtida yetkazish, fuqarolarda qonunga hurmat hissini mustahkamlashga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini, “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil etish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatdan holi muhitni mustahkamlashda har bir mahalla aholisining jamoaviy kafilligi institutini joriy etish.

Aholi, ayniqsa yoshlar ongida “Bizning mahallamizda jinoyat sodir bo‘lmaydi”, “Mahallamizdagi har bir jinoyat hududimiz tinchligi va osoyishtaligiga, oilamga, farzandlarim ta’lim-tarbiyasiga va ularning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi” degan tuyg‘ularni va ularni oldini olishga daxldorlik hissini shakllantirishga qaratilgan ta’sirchan targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Mahallalarda “Hamjihatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q!” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oilalarda maishiy zo‘ravonlikni oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Mahallalar raislarining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining “Xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy qilishdagi o‘rni va rolini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish.

“Xavfsiz mahalla” tamoyilini samarali joriy qilish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning o‘rinbosarlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

Jinoyatchilik oshgan mahallada jinoyat sabablari chuqur tahlil qilib, bunday holatlarni oldini olishga qaratilgan manzilli choralar belgilash.

Yoshlarning turli yot g‘oyalarga kirib ketishi, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ta’lim muassasalari, Internet klublar va tungi ko‘ngilochar maskanlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida “Obod va xavfsiz mahalla” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning turkumini inobatga olgan holda sayyor sud majlislarining mahallalarda o‘tkazilishini yanada kengaytirish.

Keksa avlod vakillarini ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Keksa avlod vakillari o‘rtasida “Yoshlar murabbiysi” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Umumta’lim maktablarida “Nuroniylar tarbiyaviy soati”ni tashkil etish.

Jinoyatchilik oshgan mahallalarda keksa avlod vakillari ishtirokida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida har oyda kamida bir marotaba “Ibrat maktabi” mavzusida ma’naviy - ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish.

Mahalla yoshlari (12-16 yosh) o‘rtasida

1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuniga bag‘ishlangan “Mahalla - bola huquqlari himoyachisi” mavzusida insholar va suratlar ko‘rik-tanlovini tashkil etish.

Mahallalarda yoshlar o‘rtasida “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari, internetdan kelayotgan xavf-xatarlardan xabardor qilish, ularga qarshi “mafkuraviy immunitet”ni mustahkamlashga yo‘naltirilgan turkum tadbirlarni tashkil etish.

“Mahallada yoshlar bilan muloqot” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan “O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachig‘idek asrang!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Mahalla ligasi”ni o‘tkazish.

Mahalladagi 15-16 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Charm to‘p” to‘rt bosqichli an’anaviy sport musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish.

Mahalla 13-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Mahallada futbol” an’anaviy sport musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish.

Mahalla 11-12 yoshli o‘smirlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy sport musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish.

Yoshlarni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish hamda ular o‘rtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish maqsadida sport musobaqalarini tashkil etish. (Kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari”, stol tennisi bo‘yicha “Mahallamiz stol tennischilari”, shaxmat-shashka bo‘yicha oilalar o‘rtasida “Biz aql-idrokli oilalarmiz”, yengil atletikaning sprint yo‘nalishi bo‘yicha “Biz epchil va chaqqonmiz”, voleybol bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida “Mahalla kubogi” sport musobaqalari).

Mahallalarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Men o‘qigan kitob” tanlovini tashkil etish.

Yoshlar o‘rtasida “Mahalla mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarini tashkil etish.

Keksa avlod vakillarini qo‘llab-kuvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida joylardagi Nuroniylar jamoatchilik kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etish.

Nuroniylar va pensiyadagi harbiy xizmatchilar ishtirokida umumta’lim maktablarida “Keksalar ma’rifati” mavzusidagi tadbirlar tashkil etish.

Keksalarning to‘laqonli hordig‘ini ta’minlash maqsadida bog‘larda, aholining madaniyat va dam olish markazlarida, mahalla guzarlarida taniqli yozuvchilar, shoirlar, artistlar va boshqa atoqli fan, madaniyat va san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish.

“Saxovat” internat-uylarida, keksalarni sog‘lomlashtirish nazarda tutilgan sanatoriylarda ijodiy uchrashuvlarni, spektakllar va kinofilmlar namoyishini tashkil etish.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida tadbirlarni amalga oshirish, ularda quyidagilarni nazarda tutish:

respublikaning har bir hududidan keksa yoshdagi 1000 kishini, shu jumladan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarni tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etish;

urush va mehnat faxriylari ishtirokida bepul ekskursiya poyezdini tashkil qilish.

Har chorakda har bir tuman va shaharda “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etish.

“Keksalar uchun turizm oyligi” tashkil qilinib, 212 ta turistik ob’ektlarga keksa va faxriylarning sayohatlarini tashkil etish.

Har bir mahallada qariyalar uchun sport-ijtimoiy moslashuv markazlari (faollik markazlari)ni tashkil etish. Bunda keksalarga murabbiylar kuzatuvida gimnastika bilan shug‘ullanish, shaxmat-shashka o‘ynash va sog‘lom turmush tarzi yuzasidan suhbatlar uyushtirish uchun sharoitlar yaratish.

Xududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda unutilayotgan xunarmandchilik turlarini yoshlarga yetkazish, asrab-avaylash va boyitish maqsadida “Momolarning o‘lmas merosi” mavzuida mahorat darslarini tashkil etish.

Mahallalarda va ta’lim muassasalarida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda keksa avlod vakillarining ishtirokini yanada kuchaytirish, yigit-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oilaviy ajrimlar oldini olish maqsadida “Buvijonlar maktabi” a’zolarini jalb etgan holda “Onaxonlar o‘giti”, “Xonadon fayzi”, “Oilada otaning o‘rni”, “Ommaviy madaniyatning halokatli ta’siri” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Mahallalarda “Qo‘sha qarish saodati” mavzuida 50, 60, 70 yil birgalikda umr kechirib, hayot gashtini surayotgan nuroniylarning ibratli hayotini yosh avlodga targ‘ib etish maqsadida namunali, tabarruk oilalarga tashriflar uyushtirish

“Nuroniylar maskanlari” majmualari, madaniyat va istirohat bog‘lari, “Sahovat” va “Muruvvat” internat-uylarida “Ehtirom, e’zoz, e’tibor” mavzuida taniqli madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar konsert dasturlarini tashkil etish

Mahallalarda, ayniqsa, eng chekka mahalla va ovullarda keksa avlod vakillari uchun “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash-odamiylikning eng oliy mezonidir” mavzusida xayriya tadbirlarini tizimli tashkil etish.

Mahallalarda qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, totuvlikni ta’minlash “Qo‘ni-qo‘shnichilik odobi”, “Qo‘shning tinch-sen tinch” va “Bir bolaga yetti bola ota-ona” mavzularida targ‘ibot  tadbirlarini o‘tkazish.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarni mustaqillik uchun kurashgan ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ular merosini targ‘ib etish maqsadida “Ajdodlar ruhi barhayot”, “Qatag‘on qurbonlari – Vatan fidoiylari” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

Mahallalarda “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Keksa harbiylar bilan yoshlar o‘rtasida harbiy qismlarda “Mening shonli hayot yo‘lim” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

Mahallalarda keksalar va faxriylar o‘rtasida ertalabki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Salomatlik uchun

5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, “Umummilliy harakat”ga aylantirishda nuroniylarning ijtimoiy faolliklarini hamda tashabbuskor g‘oyalarini amalga oshirishda ko‘maklashish.

Aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa madaniyatini shakllantirish va mahallalarni obodonlashtirish

Ishsiz fuqarolarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari va haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish orqali bandligini ta’minlash.

Ishsiz aholini ayniqsa kasb-hunarga o‘qitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni tashkil etish.

“Pandemiya sharoitida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali daromad manbai yaratish mexanizmlari” nomli mahalla raislari uchun uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

Xorijda ishlab Vatanga qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish va bandligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida elektron axborot almashish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib Vatanga qaytgan fuqarolarni mehnat va kasbiy reintegratsiya qilish masalalari yuzasidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Halqaro migratsiya tashkiloti va boshqa halqaro moliya institutlari bilan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish.

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarining o‘quv dasturlarini xorijiy yirik ish beruvchilar talablariga mosligini o‘rganish, taxlil qilish. Taxlil yakunlari bo‘yicha taxliliy ma’lumotlarni tayyorlash va asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari tomonidan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini oshirish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilyotgan ishlar ahvolini o‘rganish, natijasi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

2020 yil 11 avgustdagi PQ—4804-son qarorining natijadorligini o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan kayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida”

2018 yil 12 sentabrdagi 725-son qarori ijrosini kompleks o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 15 sentabrdagi PQ-4829-son qarorida belgilangan vazifalarni o‘rganish, tahlil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh vazir maslahatchisi huzurida bo‘lib o‘tadigan hisobot yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish.

“Mehnat muhojirlari: ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlari” mavzusidagi konferensiya o‘tkazish.

“Har bir oila — tadbirkor”, “Hunarmandchilikni rivojlantirish”, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturlari doirasida aholini kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish.

“Temir daftar”ga ehtiyojmand oilalarni kiritish va chiqarishga bag‘ishlangan mahalla raislari uchun uslubiy videoroliklar tayyorlash.

“Aholining muhtoj qatlami: ehtiyojmand, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalar va ularning farqi” mavzusida mahalla fuqarolari yig‘inlari uchun broshyuralar ishlab chiqish.

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida mustaqillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun iyul-avgust oylarida “mahallalarni obodonlashtirish” oyligini tashkil etish.

Ehtiyojmand oilalarning xonadonlarini ta’mirlash, ko‘chalarni, mahalla hududlarini, obodonlashtirish.

Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida ajdodlar ruhiga hurmat hissida tarbiyalashda mahallalarda “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzuida qabristonlarda, ziyoratgohlarda xasharlar va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, natijasi bo‘yicha xalq deputatlarining tuman (shahar) Kengashlariga axborot kiritish.

Mahalla hududlarida manzarali va mevali daraxtlarni ekish, ularni parvarish qilishni tashkil etish.

Obod va namunali hamda hududi qoniqarsiz bo‘lgan mahallalarni markaziy va mahalliy telekanallarda namoyish qilib borish

Mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar va tijorat banklari bilan birgalikda shaxsiy tomorqada chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilikni rivojlantirish.

Mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholiga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

700 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan xonadonlarning tomorqa yer maydonlarida ekin ekish ishlarini manzilli tashkil etish.

Tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini mahallalarda muntazam muhokama qilish.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilarga qo‘shimcha daromad manbaini yaratish uchun har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan

1  gektargacha yer maydonlarini ajratish ishlarini tashkil etish.

Har bir mahallani “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan mahallalarning sonini 3 202 tadan kamida 4 000 taga oshirish, bu borada har bir qishloq yoki mahallaning o‘z yo‘nalishi va “o‘sish nuqtalari”ni e’tiborga olish.

Mahallalarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanayotgan mirishkor dehqonlarning ilg‘or tajribalarini yoritish maqsadida “Tomorqa – daromad manbai” rukni ostida turkum teleko‘rsatuvlarni tayyorlash.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, fuqarolar yig‘ini huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyaning faoliyatini kuchaytirish.

Mahallalarda maishiy chiqindilarni vaqtincha yig‘ish va o‘z muddatida olib chiqilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish.

Fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

2021‒2022 yillarga mo‘ljallangan har bir mahallada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslarini tashkil etish bo‘yicha hududiy manzilli dasturda belgilangan komplekslarning qurilish ishlarini amalga oshirish.

1385 ta mahallani davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish istagini bildirgan potensial investorlar va tuman(shahar) hokimliklari o‘rtasida bitim tuzish va qurish ishlarini yakunlash.

1543 ta fuqarolar yig‘inlarini kompyuter texnikalari bilan

824 tasini mebel jihozlari bilan ta’minlash.

Kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmagan 1062 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

927 ta fuqarolar yig‘ini binolarini kommunal xizmatlar uchun 1 mlrd.

611 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikni so‘ndirish.

Mahalla va oilani vazirligi va fuqarolar yig‘inlarida elektron hujjatlar almashish bo‘yicha “Mahalla-24” dasturini hamda “Mahalla.uz” mobil ilovasini ishlab chiqish.

Mahalla geoinformatsion portalini yaratish.

Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimini olib boruvchi avtomatlashtirilgan veb-portalni yaratish.

1500 ta fuqarolar yig‘inlarini internet tarmog‘iga ulash ishlarini yakuniga yetkazish.

“Mahalla” yagona axborot tizimini  tajriba tariqasida 100 ta fuqarolar yig‘inlarida sinovdan o‘tkazish.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech