Ochiq ma'lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi haqidagi

MA’LUMOTLAR

(2020-yil-24 dekabr holati)

 

1. Kambag‘allikni qisqartirish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va ularning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

Mamlakat miqyosida kambag‘alchilikni kamaytirish bo‘yicha ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mahallalarda yangi ish tizimi — “temir daftar” joriy etildi. Bunda har bir mahalla, qishloq, shaharcha va ovul fuqarolar yig‘inidagi ehtiyojmand oilalarni kambag‘illikdan chiqarish maqsadida oilalar bilan manzilli va maqsadli ish olib borildi.

Mazkur tashabbusning yana bir asosiy maqsadlaridan biri, “temir daftar”ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosining bandligi ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish ishlari olib borilmoqda.

Shu kunga qadar kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “temir daftar” tizimi asosida 600 mingga yaqin muhtoj oilaga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 479 ming 400 ta oilaga moddiy yordamlar ko‘rsatilishi tashkillashtirildi. Vazirlikning “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi hisobidan 2 mlrd. 30 mln. so‘m mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tariqasida berildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga kiyim-bosh va o‘quv qurollari sotib olish uchun 253 833 ta ko‘makka muhtoj oilalarning 16 yoshga to‘lmagan 512 626 nafar farzandlariga 256 mlrd. 313 mln. so‘m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Hozirga qadar kam ta’minlangan 174 ming 258 ta oila "Temir daftar"dan chiqarildi. Ularning yangi ish o‘rinlarida muntazam mehnat qilishi, egallagan kasb-hunarlari bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun fuqarolar yig‘inlari tashabbusi bilan sektorlar va mahalliy hokimliklar hamrohligida doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Olmazor tumanidagi “Yangi Sebzor” mahallasi, Qo‘shtepa tumanidagi “Namuna” mahallasining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, namunaviy tizim ishlab chiqildi va 9 155 ta mahallaga tatbiq qilindi.

Ijtimoiy sharoiti og‘ir 14 mingdan ziyod xotin-qizlar doimiy ishga, 179,9 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Uzoq muddat bola parvarishida bo‘lgan og‘ir sharoitda yashayotgan 22 459 nafar ayollarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi, ularning 2 767 nafari tikuvchilikka, 1 219 nafari pazandachilikka, 1 353 nafari hunarmandchilikka o‘qitildi, 1 541 nafari bo‘sh vakant ish o‘rinlariga joylashtirildi, 4 278 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 2 391 nafari o‘zini o‘zi band qilib, mehnat guvohnomalari rasmiylashtirildi, 2 641 nafari boshqa ishlarga jalb qilindi

758 mingdan ortiq kambag‘al oilalarning xonadonlarida tomorqalardan samarali foydalanishga ko‘maklashildi;

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan nogironligi bo‘lgan 1 383 nafar xotin-qizlarga 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar evaziga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa reabilitatsiya vositalari berildi;

 

2. Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy va boshqa ijtimoiy yordamlar to‘g‘risida ma’lumot:

 

2 mln 147 ming nafar nuroniylar ishtirokida “Salomatlik uchun 5 ming qadam” piyoda yurishlari tashkil etildi.

12 ming 876 nafar nuroniyning sanatoriylarda sog‘liqlarini tiklash tashkillashtirildi.

66 ming nafar nuroniylar bepul chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

109 ming nafar nuroniylarning muqaddas qadamjolarga sayohatlari uyushtirildi.

5481 nafar fuqaroga nogironlar aravachasi, 2240 nafariga eshitish moslamasi, 1529 nafariga hassa (qo‘ltiq tayoq), 320 nafariga ko‘zoynak, 1620 nafariga boshqa reabilitatsiya vositalari berildi.

392 nafar nuroniy "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni (shu jumladan, 143 nafari I darajali, 124 nafari II darajali, 125 nafari III darajali ko‘krak nishoni) bilan taqdirlandi.

 

3. Ayollarning reproduktiv salomatlik, axborot hamda ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqlari to‘g‘risida:

 

- Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha “Rahbar ayolning bir kuni”, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida “Islohotlar va yurt taraqqiyotiga mening hissam” mavzusidagi onlayn konferensiyalarni o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

- Respublika, 14 ta hududiy va 204 ta tuman (shahar)larda “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tajribasi” mavzusida ayollar forumi o‘tkazildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-iyundagi qarori asosida 18 628 nafar xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishlari uchun tavsiyanomalar berildi, shundan 950 nafari oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

- Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta tug‘ruqlarni oldini olish, tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar, notinch oilalar farzandlari va ularning ota-onalari bilan tizimli ishlash bo‘yicha har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

- Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga murojaat qilganlar 14 849 nafar fuqarolardan 5 796 nafariga psixologik, 503 nafariga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.

- Vazirlik huzurida 1146 qisqa raqamli “Сall-centre” markazi ishga tushirildi. Hozirga qadar mazkur markaz orqali 6 minga yaqin xotin-qizlar murojaatlari qabul qilindi hamda o‘rnatilgan tartibda ijroga yo‘naltirildi.

 

4. Davlat sektorida ishchi kuchining gender taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

 

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimida mehnat qilayotgan xodimlar soni:

 

Markaziy apparat:

Jami: 98 nafar.

Erkaklar: 68 nafar.

Ayollar: 30 nafar.

 

"Mahalla va oila" ilmiy tadqiqot instituti:

 

Jami: 34 nafar.

Erkaklar: 11 nafar.

Ayollar: 23 nafar.

 

"Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari:

 

Jami: 2 034 nafar.

Erkaklar: 1 312 nafar.

Ayollar: 722 nafar.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech