"Obod va xavfsiz mahalla" tizimini joriy etish

– “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish sohasidagi faoliyatni belgilangan tartibda nazorat qilish;

– Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hududiy bo‘linmalarning huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va uslubiy ta'minlash, kadrlar salohiyatining doimiy ravishda mustahkamlanishini ta'minlash;

– Fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;

– Fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul' guruhlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

– “Xavfsiz mahalla” tushunchasining asosiy mezonlari, yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta'minlash;

– Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– Huquqbuzarliklar profilaktikasiga, ularning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga yo‘naltirish, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarning istiqbolli va joriy rejalashtirish;

– Fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan birgalikda yoshlar, shu jumladan ularning uyushmagan qismi bilan ishlash, bandligini ta'minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirilishini tashkil etish;

- Huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan va yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolgan shaxslar bilan amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar monitoringini yuritish va tahliliy baholash, takliflar ishlab chiqish;

– Hududiy boshqarmalarning Xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi hamda tuman (shahar) bo‘limlarining ushbu yo‘nalishga mas'ul bo‘lgan xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech