Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashi to‘g‘risida ma’lumot
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Hay’atining 2021-yil 17-martdagi 12-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Hay’at qarori bilan Jamoatchilik kengashining tarkibi va Nizomi tasdiqlangan.
Jamoatchilik kengashining raisi — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev.
Kengash tarkibi 19 nafardan iborat (vazir o‘rinbosarlari, vazirlikning faol boshqarma, bo‘lim va xizmat boshliqlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda hamkor vazirliklarning vakillari va mahalla faollari)
Jamoatchilik kengashining 21 banddan iborat 2021-yilgi Ish rejasi 2021-yil 10-mart kuni tasdiqlangan.
2021-yilning 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Ma’naviyat soati” darsida vazirlikning Yuridik bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
4-iyuldagi davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-sonli qarori mazmun-mohiyati barcha xodimlarga to‘liq tushuntirildi.
Jamoatchilik kengashining 2021-yil Ish rejasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF–5938-son Farmoni hamda 2020-yil 18-fevraldagi
PQ–4602-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Toshkent viloyati boshqarma va bo‘limlarida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. Kengash a’zolari tomonidan bayon loyihasiga takliflar berildi.
Jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan vazirlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish va ta’minlash ishlarining borishi to‘g‘risida 2021-yilning may oyi ikkinchi yarmida mas’ullarning hisoboti eshitildi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi
T/r
|
F.I.SH. |
Lavozimi
|
Telefon raqami
|
1. |
Turdiyev Sodiqjon |
Vazir o‘rinbosari, jamoatchilik kengashi raisi |
98 137-05-04 |
2. |
Marufova Gulnora Maxmudovna |
Vazirning birinchi o‘rinbosari, jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari |
90 962-80-42 |
3. |
Norov Baxtiyar Shodmonovich |
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, jamoatchilik kengashi kotibi |
97 431-17-99 |
4. |
Norxodjayev Fikrat Rafiqovich |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
99 027-88-69 |
5. |
Navruzov Abubakir Davlyatovich |
Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha Markaziy kengashi raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
91 780-60-06 |
6. |
Usmonov Shuhrat G‘iyosovich |
O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, jamoatchilik kengashi a’zosi |
97 424-44-56 |
7. |
Ro‘ziyev Shuxrat Xubbimovich |
Vazir maslahatchisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
99 035-47-97 |
8. |
Qarshiyev Elmurod Axmedovich |
Boshqarma boshlig‘i, jamoatchilik kengashi a’zosi |
97 881-11-99 |
9. |
Umarova Shoira Akbutayevna |
Yuridik bo‘lim boshlig‘i, jamoatchilik kengashi a’zosi |
90 015-20-65 |
10. |
Boymirzayeva Saodat Urakovna |
Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik kengashi a’zosi |
97 135-00-57 |
11. |
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna |
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti direktori, jamoatchilik kengashi a’zosi |
90 324-89-89 |
12. |
Turmanov Sag‘indiq Turganbayevich |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, jamoatchilik kengashi a’zosi |
90 590-22-55 |
13. |
Muxtorova Nazira Abdusattorovna |
Jizzax viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i, jamoatchilik kengashi a’zosi |
90 311-37-00 |
14. |
Kalanov Rustam Abduxakimovich |
Toshkent shahar hokimi maslahatchisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
98 338-06-60 |
15. |
Djabbarova Naima Gapparovna |
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani "Katta Qorasuv" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
99 818-69-17
|
16. |
Mutalov Omonulla Nigmatullayevich |
Toshkent shahar Chilonzor tumani “Chilonzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
93 501-31-64
|
17. |
Yusupov Rovshan Abilovich |
Toshkent shahri Yunusobod tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
94 676-79-73
|
18. |
Djalilova Sharofat Maxkamovna |
Toshkent viloyati Qibray tumani “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
90 978-00-34
|
19. |
Abdiraxmonov Atxam Ismatovich |
Toshkent tumani “Xiyobon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, jamoatchilik kengashi a’zosi |
97 433-67-22 |