24 Sentyabr 2021,18:00 400
Chop etish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, “Aq jag‘is” mahallasida yashovchi Joldasbayeva Gulnaraning 3 nafar farzandi bilan yaroqsiz uyda yashashi, yolg‘iz ona ekanligi, kasalmand ekanligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali aks etgan murojaatiga munosabat

Ushbu murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Nukus shahar bo‘limi bilan birgalikda o‘rganilib, quyidagilar aniqlandi:
Joldasbayeva Gulnara Orazbayevna 1978 yili tug‘ilgan, hozirgi vaqtda Nukus shahri, “Aq jag‘is” mahallasi, “Jayilg‘an” ko‘chasi, 27-uyda yashaydi, yolg‘iz ona, 3 nafar farzandi bor.
2018 yili imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasini sotib olib, tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Fuqaro Joldasbayeva Gulnaraning bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgust kungi PQ-4804-sonli qaroriga asosan kasbga o‘qitildi.
U “Aq jag‘is” mahalla fuqakrolar yig‘inida “Ayollar daftari”ning 1-bosqichida sog‘ligini tiklash yuzasidan 7-toifaga kiritilgan va hududiy poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda tegishli dori-darmonlar berilib, shifokor xulosasiga ko‘ra “Ayollar daftari”dan chiqarilgan.
Uning 3 nafar farzandlaridan bugungi kunda 2 nafari Qoraqalpoq davlat universitetida, bir nafari Nukus davlat pedagogika institutida davlat granti asosida tahsil olmoqda.
Ushbu oila mahallada “Kam ta’minlangan oilalar” ro‘yxatiga kiritilgan va 2021 yil iyun oyida 434 ming bir marotabalik yordam puli berilgan. Shuningdek, iyul oyidan 6 oyga 376 ming so‘m miqdorida moddiy yordam nafaqasi tayinlangan.
2021 yil may oyida Ramazan hayiti bayrami munosabati bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari berilgan.
Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 2021 yil 31 avgust kuni fuqaroning Xalq banki plastik kartasiga 4 million so‘m miqdorida uy-joyini ta’mirlash uchun moddiy yordam puli o‘tkazilib berilgan.
Fuqaro suhbat davomida tomorqasi yonidan imorat tiklashi uchun sement va g‘ishtdan yordam zarurligini bildirdi. Uning ushbu murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan homiy topish orqali yordam berish mumkinligi to‘g‘risida masalalar muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech