24 Sentyabr 2021,17:10 356
Chop etish

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi fuqaro Aziza Nosirjonovaning ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatiga munosabat

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Madaniyat” mahallasi, “Gulzor” ko‘chasi 31-a-uyda yashovchi fuqaro Nosirjonova Aziza o‘z murojaatida “Temir daftar”dan asossiz chiqarib yuborilganligini aytgan.
Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Nosirjonova Aziza 1987 yilda tug‘ilgan. Jizzax viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan. Arman millatiga mansub 1955 yilda tug‘ilgan Yegazariyan Leon ismli Toshkent shahrida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs bilan 2011 yilda sha’riy nikoh asosida turmush qurgan. 2012, 2014, 2016 yillarda tug‘ilgan farzandlari bor. Biroq o‘zaro kelishmovchilik sababli birga yashamagan.
Aniqlanishicha, fuqaro A.Nosirjonova 2020 yil pandemiya davrida “Temir daftar”ga ro‘yxatga kiritilgan va 2021 yil mayga qadar tegishli yordamlar ko‘rsatilib, 2021 yil may oyida “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan. Unga quyidagi yordamlar ko‘rsatilgan:
- 2020 yil Qurbon hayiti munosabati bilan 1 000 000 (bir million) so‘m moddiy yordam;
- 2020 yil sentabr oyida 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m moddiy yordam;
- 2020 yil dekabr oyida tuman hokimi homiyligida 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari;
- 2020 yil sentabr oyidan 2021 yil yanvar oyiga qadar bolalar nafaqasi ajratilgan;
- homiylar hisobidan 2021 yil mart oyida tikuv mashinasi berilgan;
-1050 ming so‘mlik trikotaj maxsuloti (material) berilgan;
- Tomorqasidan samarali foydalanishi uchun subsidiya asosida suv motori o‘rnatib berilgan;
- 2021 yil may oyida 10 dona tovuq va ozuqasi berilgan;
- 2021 yil 1 sentabrda 2 nafar farzandiga homiylar hisobidan o‘quv qurollari olib berilgan;
- Farzandlariga bayram tadbirlarida sovg‘alar berilgan;
- Har oyda mahalla raisi tomonidan homiylik asosida pul va oziq-ovqat berilgan;
-mahallada “Kam ta’minlangan oilalar” ro‘yxatiga kiritilgan va 2 nafar farzandiga maktabdan bepul kitoblar berilgan;
- 1 nafar farzandiga maktabgacha ta’lim muassasasiga imtiyozli (oylik to‘lovsiz) joylashtirilgan;
- turmush o‘rtog‘i Yegazariyan Leondan aliment puli oladi.
Bir necha marta ish taklif qilingan, ammo fuqaro doimiy ishda ishlashni xohlamagan.

Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Axborot xizmati.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech