Murojaatda nazarda tutilgan fuqaro Nargiza To‘xtarova Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi Farovon dahasi 15-uy 22-xonadonda yashaydi. 2021-yil avgust oyiga qadar ikki nafar farzandi — To‘xtayev Faxriddin Fatxulla o‘g‘li hamda To‘xtayeva Mastura Fatxulla qizi uchun 14 yoshgacha bola puli nafaqasi olib kelgan.
2021-yil sentabr oyida ikki nafar farzandi uchun 14 yoshgacha bola puli olish maqsadida “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirgan ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlari o‘rnatilgan tartibda Yangiyo‘l shahar Pensiya jamg‘armasiga taqdim etilgan.
Fuqaro N. To‘xtarovaning ushbu arizasi va ilova qilingan hujjatlari “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda o‘rganib chiqilgan hamda shar`iy turmush o‘rtog‘i, fuqaro Fatxulla Kamolovning oylik daromadi belgilangan miqdordan ko‘pligi sababli nafaqa tayinlash rad etilgan.
Fuqaro N. To‘xtarova fuqaro F. Kamolov bilan qonuniy nikohdan o‘tmagan. Ammo fuqaro F. Kamolov tomonidan farzandlari uchun otalik belgilangan.
Fuqaro N. To‘xtarovaga bola puli nafaqasini tayinlash va rad etish bo‘yicha qonunchilikdagi mavjud talablar, shuningdek, mazkur javobdan qoniqmagan taqdirda, yuqori turuvchi organlarga qayta murojaat etish huquqi mavjudligi haqida huquqiy tushuntirish berib o‘tildi.
Yangiyo‘l shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi