Namangan viloyati mahalla va oilasini qo'llab-quvvatlash boshqarmasi O'zbekiston yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda "Avlodlar bellashuvi" sport musobaqalarini o'tkazdi.
O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan (1 oktyabr) o'tkazilgan musobaqalarda viloyatning shaxmat va stol tennisi bo'yicha harbiy qismlari yosh harbiy xizmatchilari va faxriy murabbiylari ishtirok etdilar.
Tadbir so'ngida g'olib va faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilaridan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.