Mahalla 10 Noyabr 2021,10:06 1290
Chop etish

Parkent tumanida erta tongdan ko‘chat ekish tadbirlari

Daraxt ekib, bog‘ yaratish xalqimiz turmush tarziga xos bo‘lgan milliy qadriyatlarimizdan biri. Mahallalarimiz fayzi va ko‘rki, ko‘chalarimiz ozodaligi, nafas olayotgan havomiz musaffoligi daraxtlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab keng miqyosida boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasining hayotga joriy etilishi zamirida ham mazkur hayotiy haqiqatlar mujassamdir.
Bugun erta tong soat 7:00 dan Parkent tumanining “Bog‘bon” va “Qayilma” mahallalarida ham ushbu tashabbus doirasida daraxt ekish ishlari qizg‘in olib borildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev hududda olib borilayotgan ushbu xayrli ishlarda bevosita ishtirok etdi hamda tuman hokimiyati va mahalla mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi. Davlatimiz rahbarining tegishli topshiriqlari batafsil tushuntirib berildi. Jarayonda tuman hokimi va tuman prokurori ishtirok etdi.
Xususan, suhbat davomida mevali va manzarali daraxtlarning tabiat va inson uchun naqadar muhim ekanligini alohida ta’kidlab, daraxt ekish bo‘yicha 10 dekabrga qadar davom etadigan “dolzarb 40 kunlik”da barcha parkentliklarni faol ishtirok etishga chaqirdi.

Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev o‘z so‘zi davomida Parkent tumani tog‘li hudud sifatida doimiy ravishda xorijiy va mahalliy sayohatchilarni o‘ziga jalb etib kelishi hamda daraxtlar va o‘simlik olamining rang-barangligi hududning turistik jozibadorligini yanada oshirishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Aytib o‘tilganidek, joriy yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida Toshkent viloyatidagi mahallalarda to‘rt millionga yaqin ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Bunda ko‘chatlar mahallalardagi bo‘sh turgan yer maydonlari, aholi tomorqalari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar, yakka tartibdagi xonadonlarning atrofi, ichki ko‘chalarning ikki yon tomoni, kanal va ariqlar bo‘yida ekilishi belgilangan.
Parkent tumanidagi daraxt ekish tadbirlari hududdagi “Bog‘bon” mahallasida boshlanib, “Qayilma” mahallasida davom etdi. Xususan, mahalladagi yolg‘iz yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar  Hoshim Ahmedov, Mavjuda G‘afforova, Mukarram Surxonovalar xonadonida ham turli mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Kun davomida o‘tkaziladigan mazkur daraxt ekish tadbirlarida umumiy hisobda ikki ming tupga yaqin ko‘chat va qalamchalar ekilishi rejalashtirilgan.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech