Sport 18 Avgust 2021,11:10 1353
Chop etish

Farg‘onada “Futbolimiz kelajagi” musobaqalariga start berildi

Yurtimizda sportning futbol turini yanada rivojlantirish, mahallalardagi bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish, ularni jismoniy sog‘lomlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olishda bolalar va o‘smirlarni doimiy ravishda sportga jalb qilish hamda iqtidorli futbolchilarni aniqlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 16 avgusttan Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Futbol assotsiatsiyalari hamkorlikda sportning mini-futbol turi bo‘yicha 11-12 yoshli mahalla bolalari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi” musobaqalariga start berildi.
 4 ta hududiy guruhlarga taqsimlangan holda o‘tkazilishi belgilangan mazkur musobaqalar karantin qoidalariga muvofiq muxlislarsiz o‘tkazildi.

Futbol musobaqalariga mezbonlik qilgan Quvasoy shahri, Dang‘ara tumani, Qo‘shtepa tumani, Uchko‘prik tumanlarida 18 ta tuman-shaharlardan kelgan yosh futbolchilar bahs olib bordilar. Futbol musobaqalari judayam qizg‘in va qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech