Joriy yilning 7 sentabr kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Futbol federatsiyasi, Turizm va sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan birgalikda sportning mini futbol turi bo‘yicha voyaga yetmaganlari orasida 9-12 yosh oralig‘ida “Futbolimiz kelajagi” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan musobaqaning Farg‘ona viloyati birinchiligiga start berildi.
Musobaqani ochilish marosimida Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i B.Holiqov ishtirok etib, barcha ishtirokchi yoshlarimizga omad-zafarlar tiladi hamda tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Quvasoy shahrida bo‘lib o‘tayotgan, ushbu musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Quva, Uchko‘prik, Qo‘shtepa va Dang‘ara tumanlari jamoalari kuch sinashmoqda.