Gender tenglik 14 Sentyabr 2021,10:00 126
Chop etish

Iqtidorli xotin-qizlarlarni qo‘llab-quvvatlashga doir normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2021 yil 28 mayda tasdiqlangan “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” asosida “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021–2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” qabul qilingan.
Dasturda qator vazifalar qatorida tegishli vazirlik va idoralar oldiga “Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va rahbarlik lavozimlariga tayyorlashni tizimlashtirish va yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategik vazifalarni belgilash” bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mazkur loyihani amalga oshirishga mas’ul Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Innovatsion rivojlanish, Turizm va sport, Madaniyat vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy Akademiya, Ma’naviyat va ma’rifat markazining mas’ul vakillari ishtirok etishdi.
Qizg‘in munozara shaklida o‘tkazilgan muloqot davomida mavzuga doir qator takliflar o‘rtaga tashlandi hamda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan rejalar muhokama etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech