Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida "Keksalar haftaligi" doirasida "Andijon" hamda “Ayshaxonim” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binolarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul hodimi D.Hasanov, Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i M.Nishanov, Oltinko‘l tumani hokimi I.Matro‘ziyev, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Keksalar o‘z duolarida yaxshi niyatlar qilib, ushbu binolar mahalla ahliga ko‘p yillar xizmat qilishini tiladilar.