Mahalla 22 Sentyabr 2021,10:00 131
Chop etish

Jumanazarovlar xonadoni — Bo‘zatovdagi eng namunali oila

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani Bo‘zatov shahar fuqarolar yig‘ini Qoraqalpog‘istonning 60 yilligi ko‘chasida istiqomat qiluvchi Juginis Jumanazarovlar xonadoniga tashrif buyurib, oila a’zolari bilan dildan suhbatlashgan edi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov hamda vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova ushbu xonadon a’zolari bilan uchrashib, ularning turmush sharoitlari bilan atroflicha tanishdi.
Shuningdek, oilaning tomorqadan unumli foydalanish, xususan, issiqxona tashkil etish, mevali daraxt va poliz mahsulotlarini yetishtirishdagi o‘ziga xos tajribasi xususida fikr almashildi.
Suhbat davomida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Bo‘zatov tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi turmush tarzida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Aytish lozimki, 2019 yilda qayta tashkil etilgan Bo‘zatov tumanida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar ro‘yo bermoqda. Xususan, so‘nggi yillarda hududda qator ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari, ming o‘rinli amfiteatr, sport maydoni, Yoshlar markazi qad rostladi. Shu bilan birga yuzlab ish o‘rniga ega yangi to‘qimachilik korxonasi ish boshladi.
Ushbu tumanning eng namunali oilalaridan biri Jumanazarovlar oilasi yetakchilari  Juginis og‘a uning turmush o‘rtog‘i Salima opalar ham besh qizni el koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazdi. Quvonarlisi, oilaning eng kichik a’zosi Ulzoda Jumanazorova karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan.
Vazir R.Mamatov va vazirning birinchi o‘rinbosari G.Marufovalar tashrif davomida Jumanazarovlar xonadonidagi o‘zaro ahillik va mehnatsevarlik, farzand tarbiyasidagi o‘ziga xos oilaviy an’analarga yuksak baho berdi.
Muloqot so‘nggida Juginis og‘a va Salima opa davlatimiz rahbari tomonidan Bo‘zatov aholisi, xususan, o‘z oilasiga ko‘rsatilgan yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech