Mahalla 6 Oktyabr 2021,17:10 208
Chop etish

“Mahallabay” - aholi muammolari bilan ishlashda samarali tizim

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Mamatov Rahmat Toshnazarovich Guliston shahar "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab vazir mahallada yangi barpo etilgan ko‘p qavatli turar- joy binolarini ko‘zdan kechirdi, aholi vakillari bilan muloqot qildi. Ularning muammolari bilan qiziqdi.

Aniqlangan 10 dan ortiq muammolarni mas’ullar orqali bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, Raxmat Mamatov tomonidan aholi muammolari bilan ishlashda samarali tizim hisoblangan “mahallabay” ishlar, aholi muammolari bilan ishlash, ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, fuqarolar bilan manzilli va, albatta, natijali ishlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech