Gender tenglik 10 May 2021,19:00 1374
Chop etish

Olmazor tumanidagi navbatdagi psixologik trening mashg‘ulotlari

Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faoliyatini oshirish borasida doimiy ravishda islohotlar olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda yurtimizda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasiing “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, Ayollar jamoyatchilik kengashining tashkil etilganligi, xotin-qizlar va yoshlarni muammolarini hal qilishda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning joriy qilinganligi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Joriy yilning mart oyidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “WOMENS LEADERSHIP” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Guli Xonim Sheyx bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin qizlarga gender tenglik, yangi biznes loyihalarni amalga oshirishda innovatsion yondashuvlar, ularning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan mahorat darslari, yoshlarning ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Treninglar davomida ishtirokchilarda gender tengligini ijtimoiy-siyosiy sohalarda tatbiq etish, oilaviy nizolarni hal qilishda progressiv metodikalardan foydalanish, oilaviy mediatsiyani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, hayotga va maqsadga intilish va psixologik ruhlantirish asnosida motivatsiyaga alohida ahamiyat qaratilib, trening mashg‘ulotlari “Zamonaviy Britaniya” sistemasida biznesni boshlash, xalqaro trenerlar tomonidan interfaol usullar asosida olib borildi.

Ana shunday treninglardan biri bugun poytaxtimizning Olmazor tumani Yoshlar ishlari agentligi binosida faol yoshlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, mahalla faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Trening yakunida yurtimiz bo‘ylab mazkur uchrashuvlarni samarali tashkil etganligi uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Guljamol Shukurova Buyuk Britaniya Lordlar Palatasining medali bilan taqdirlandi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech