Keksalar hayoti 7 Oktyabr 2021,14:00 949
Chop etish

"O‘zbekiston - keksalarini e’zozlaydigan yurt!"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi 816-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida ham “Keksalar haftaligi” tadbirlari tashkil etilmoqda.
Kuni kecha Tolimarjon shahrining "Obi hayot" mahallasida Nishon tuman va Tolimarjon shahar hokimliklari tashabbusi bilan "O‘zbekiston - keksalarini e’zozlaydigan yurt!" mavzuidagi tadbirga ko‘p yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda xalqimiz e’zozida bo‘lgan otaxon va onaxonlar taklif etildi.
Tadbirda tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, tuman hokimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Qodirova so‘zga chiqib, barchani tabrikladi. Mehnat faxriylari Muhiddin Fayzullayev hamda Nusratoy Raximovalarga Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyevning "Tashakkurnoma"si topshirildi.
Shundan so‘ng Tansiq momo Po‘latova, Mahkam momo Mallayeva hamda Tansiq momo G‘oipova singari uch nafar mehnat faxriylari bo‘lgan momolar xonadonlariga borilib, ular holidan xabar olinib, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Tadbirda Tolimarjon shahar hokimi Ibrohim Qarshiyev hamda qator mutasaddilar ishtirok etdi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech