Kuni kecha Farg‘ona viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi T.Tojiyeva Quva tumanida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tumandagi faol ayollar, kanvoyi onaxonlar bilan uchrashib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ular o‘rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni yaxshilash borasida o‘z tavsiyalarini berdi va mavjud takliflar bilan tanishdi.
Shuningdek Paxta yig‘im terimida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlar, terim pullarining o‘z vaqtida berilishi holati bilan tanishib, ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.