Mahalla 14 Sentyabr 2021,18:00 86
Chop etish

Vazir Raxmat Mamatov “Beltao‘” ovulida

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, Senat a’zosi Raxmat Mamatov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanidagi “Beltao‘” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, obodonlashtirish ishlari, aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab “Beltao‘” ovulida joriy yil 15 sentabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan «Ush avlod uchrashuvi» tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, mas’ul xodimlarga mehmonlarni kutib olish, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng tumandagi fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida “Beltao‘” ovul fuqarolar yig‘ini binosida moddiy texnik baza, xodimlarga aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash maqsadida kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, aholining turmush tarzi hamda «Ayollar daftari» dagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar bilan tanishish maqsadida ovulda istiqomat qiluvchi Ashirbekova Zarifa va Qudaybergenova Jadiralarning oilalaridan xabar olindi va oilalarning bugungi turmush tarizi o‘rganilib, yanada yaxshi sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli xodimlarga topshiriqlar berildi.
Vazir rahbarligida hududdagi «Baliqchilik va chorvachilik» kompleksida baliq saqlash va chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, aholini sifatli baliq, go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash komplekslarini kengaytirish orqali aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech