16 Noyabr 2021,22:00 987
Chop etish

Vazir Raxmat Mamatov Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Raxmat Mamatov tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining muammolari yechimi ustida operativ ishlash, tegishli tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish, zo‘ravonlikdan va tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollarga huquqiy yordam berish, psixologik holatini ijobiy tarafga o‘zgartirish, ijtimoiy muhitga moslashtirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, markazlarga joylashtirilgan xotin-qizlar orasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz, ma’lum kasb yoki hunarga ega bo‘lmagan, kam ta’minlangan oilalarda yashayotganlar aniqlanganda bepul kasb-hunarga o‘qitish tartibini ishlab chiqish;
markazlarga joylashtirilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan ishlash, murojaatlar yuzasidan statistik ma’lumotlar tahlilini yuritish, ushbu ma’lumotlarni ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha mahalla fuqarolari yig‘iniga doimiy kiritib borish;
Toshkent shahar markaziga joylashtirilgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki o‘z joniga qasd qilgan hamda o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan individual yo‘l xaritasi yordamida manzilli ishlarni amalga oshirish masalalarida aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, Respublika markazi binosini isitish va issiq suv ta’minoti bilan ta’minlash ishlarini qisqa muddatda hal qilish bo‘yicha vazirlik mas’ullariga vazifa yuklatildi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech