Viloyat yangiliklari 18 Noyabr 2021,15:30 1563
Chop etish

Vazir o‘rinbosari "Ko‘k dala" mahallasida

Kuni kecha mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Ko‘kdala” hududidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda vazir o‘rinbosari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda oilalardagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari oldida turgan vazifalar tahlil qilindi. Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, “Mahalla raisi-bosh islohotchi” tamoyilini hayotga tatbiq qilishda mahalla raislari oldida turgan vazifalar haqida batafsil tushuntirildi.
Tumanning “Ko‘kdala” hududida 32 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 176 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Yig‘ilishda “Ko‘kdala” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi  U.Julbulov, “Qanotli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D.Xolmirzayev, “Ayritom” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.Qarayevlar aholi muammolarini aniqlash, ularni “Mahalla-sektor-Xalq qabulxonasi-mahalla” konsepsiyasi asosida hal qilish tizimini samarali tashkil etish, oilalarda ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, aholi turmush madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, o‘z amaliy tajribalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech