Jamiyat 17 Sentyabr 2021,10:00 542
Chop etish

Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni nishonlandi

Kuni kecha Toshkent shaxridagi «Lotte» mehmonxonasida «Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni» ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg'arma tomonidan tashkil etildi. Shuningdek, tadbirda sovitgich va havoni konditsionerlash (SHK) sohasidagi tadbirkor ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, texnik mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
1987 yil 16 sentabrda, BMT Bosh Assambleyasida ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayyonnomasi imzolandi. Bu sana, 1994 yilda, Bosh Assambleya tomonidan «Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni» deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Monreal bayonnomasiga 1993 yili qo‘shildi va unga kiritilgan to‘rtta tuzatishini ratifikatsiya qildi va mamlakatimiz barcha majburiyatlarini bajarib kelmoqda. Monreal bayonnomasi talablarining samarali bajarilishi natijasida respublikamizda ozonni buzuvchi moddalarning 99,95 foizi muomaladan chiqarildi.
2021 yilgi shior  «Monreal bayyonnomasi: bizni, oziq-ovqatimizni va vaksinalarimizni salqinda saqlash garovidir», demak bu hammamizni Monreal bayyonnomasi bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni yanada davom ettirishga undaydi va birgalikda biz ozon qatlamining tiklanishiniga erisha olamiz.
Bu yilgi sana,bayyonnomaning mohiyati yanada ahamiyatliroq ekanligini eslatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordami bilan tibbiyot va oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan sovitgich va konditsioner uskunalarning energiya samaradorligini oshirish kutilmoqda. Bundan tashqari, sovitish tizimlarini takomillashtirish va tabiiy sovitgichlardan (freonlar) foydalanish,ozon qatlamiga zarar bermaydigan, iqlim o‘zgarishini oldini olishga va umuman ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shadigan yashil texnologiyalardan yanada keng qamrovda foydalanishni ta’minlaydi.
Sovitish va havoni konditsionerlash bizning sog‘ligimiz, to‘g‘ri ovqatlanishimiz va farovonligimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oziq-ovqat chiqindilarining buzilishining oldini olishdan tortib, vaksinalarning emlash xususiyatlarini saqlab qolishgacha, shifoxonalarda bemorlarga qulaylik yaratish uchun havoni konditsionerllashdan tortib uyimizga qadar, biz sovitish tizimi yaratadigan qulay muhitga tobora tayanamiz.
Ammo, global miqyosda, bu sohada texnik xodimlar va mutaxassislar tarkibida asosan erkaklar ustunlik qiladi, holbuki, bu tez rivojlanayotgan sohada ayollar ham qiziqarli va muvaffaqiyatli kasblarni egallashi mumkin. Shu munosabat bilan, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab -quvvatlash vazirligi, BMTTD va GEJ ning «O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali GXFU ni butunlay iste’moldan chiqarish» qo‘shma loyihasi tomonidan O‘zbekistonning to‘rtta hududida, jumladan Toshkent shaxri, Sirdaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida ayollar va qizlar o‘rtasida «Eng yaxshi startap loyihasi» tanlovini o‘tkazildi.Mavzuga sifatli yondashishni ta’minlash maqsadida, loyiha doirasida sovitgich va havoni konditsionerlash sohasi bo‘yicha asosiy bilimlar va SHK sohasiga qiziqish bildirgan bo‘lajak tadbirkor ayollar uchun biznes-reja tuzish asoslari bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kunini nishonlashga bag‘ishlangan ushbu tadbirda startap loyiha g‘oliblariga SHK sohasida xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi SHK sohasida ishlaydigan sanoqli texnik ayollardan biri bo‘lgan Xuriyatxon Tojiboyeva master-klass o‘tkazdi. Ishtirokchilar uning muzlatgich uskunasini diagnostika qilishdagi ishlarini alohida qiziqish bilan kuzatdilar va maishiy texnika (muzlatgichlar / konditsionerlar) va ozon qatlamining yemirilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida savollar berishdi. Shuningdek, Xuriyatxon Tojiboyeva o‘z kasbini tanlashi haqida va bu sohada ayol-texnik sifatidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech