27 Iyul 2021,17:48 820
Chop etish

Yana bir xalqaro grant shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 27 iyul kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi bo‘yicha xalqaro grant shartnomasi imzolandi.
Loyihaning maqsadi - chekka qishloq hududlardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik qo‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlash hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Birgina xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etildi. Mazkur tizimga muvofiq, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.
Xuddi shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi, ularga Xalq banki biriktirildi, 14 ta hududda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tashkil etildi.
Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining
30 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Ushbu banklar mablag‘lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko‘paydi.
Eng chekka hududlardagi qishloqlarni obodonlashtirish, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligining turli sohalarida 1,5 milliondan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining 20 foiziga, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi.
Qolaversa, yurtimizda xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari kengaytirilib borilmoqda.

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyamalar tomonidan “O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi bo‘yicha xalqaro grant shartnomasi imzolandi.
Loyihaning maqsadi - chekka qishloq hududlardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik qo‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlash hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
“O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yaponiya ijtimoiy rivojlanish fondining 2,728 mln AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari hisobiga 2021-2024 yillarda Farg‘ona viloyatining Furqat, So‘x, Yozyovon, Qo‘shtepa va Jizzax viloyatining Yangiobod, Baxmal, Forish, Zomin tumanlaridagi mahallalarda amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.
Loyiha ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 3 500 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning boshlang‘ich moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda 350 ta biznes loyihalar uchun 1,5 mln AQSH dollari ajratish orqali qishloq hududidagi ayollar tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilinadi hamda grant doirasida moliyalashtirilmagan biznes loyihalar belgilangan tartibda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Loyihaning ahamiyati shundaki, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlashda davlat organlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik yanada mustahkamlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech