Keksalar hayoti 20 Noyabr 2021,11:00 1123
Chop etish

"Yangi O‘zbekistonni barpo etishda nuroniylarning o‘rni" mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Farzandlarimiz tarbiyasida, oilaviy qadriyatlar saqlanib qolinishida oila, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligi ham muhim rol o‘ynaydi. Ta’sirchan vositalardan yana biri  keksa avlodning hayotiy tajribasi. Ko‘pni ko‘rgan nuroniylar jamiyatning ishonchli ustunlaridir. Ular o‘tmish, hozirgi kun hamda kelajakni bir-biriga bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini ham o‘taydi. Nuroniy otaxonu onaxonlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun shart-sharoit yaratish, bir tomondan, ana shu salohiyatni jamiyat uchun foydali ishlarga yo‘naltirishga xizmat qilsa, boshqa jihatdan ularga o‘z qobiliyatlarini ishga solish hamda odamlar uchun kerakli ekanliklarini his etib, to‘laqonli turmush kechirishlariga imkoniyat yaratadi.
Shu bois mamlakatimizda keksalarga nafaqat g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, ayni chog‘da ularning jamiyat hayotida faol qatnashishi uchun shart-sharoitlar yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sirdaryo viloyati, Oqoltin tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan “Ahillik” mahallasida tashkil etilgan tadbirda ham mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama ko‘mak berish, jamiyatimizdagi qator ijtimoiy va maishiy muammolarni barataraf etishda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligiga e’tibor qaratildi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech