20 Noyabr 2021,12:35 1176
Chop etish

“Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi "Metallurg" madaniyat saroyida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovdan maqsad jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iborat.
Tanlovning viloyat bosqichida 22 nafar ishtirokchi bir qator shartlar bo‘yicha 5 balli tizimda baholandi. Yakunda umumiy natijalar bo‘yicha Piskent tumanidan Aziza Ikromova birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanidan Sevara Hoshimova ikkinchi, Nurafshon shahridan Shoira Oxunjonova esa uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Ular mazkur tanlovning Respublika bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Bundan tashqari, “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”,“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli", “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Tanlov g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech