Farg`ona viloyati

Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich

Farg`ona viloyati mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i

+998 73 244 22 77

+998 73 244 22 77

info@fr.rmk.uz

Dushanba, 09:00 - 12:00

150100, Farg`ona, Murabiylar ko'chasi 2 uy

Boshqarma faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, Boshqarma ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Boshqarma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom, Vazirlik Hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining buyruqlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Boshqarma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.

Vazirlik Hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi;

boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

boshqarma xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

boshqarma faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida muntazam ravishda tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;

Boshqarmaning butun faoliyati bo‘yicha, shuningdek, tuman (shahar) bo‘linmalar, fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammo kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va statistik ko‘rsatkichlarni belgilangan muddatlarda Vazirlik yuborilishini nazorat qilib boradi.

o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Boshqarma boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech