Qoraqalpog`iston Respublikasi

Turmanov Sag’indiq Turganbayevich

Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vaziri

+998 61 222-00-94

+998 61 222-00-94

qr-bpt@umail.uz

Dushanba-Juma 09:00 - 12:00

Manzil - 230103, Nukus sh, I.Karimov ko'chasi 115.

Vazirlik faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, Vazirlik ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Vazirlikga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Vazirlik xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom, Vazirlik Hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining buyruqlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Vazirlik xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi;

vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

vazirlik xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

vazirlik faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida muntazam ravishda tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;

vazirlikning butun faoliyati bo‘yicha, shuningdek, tuman (shahar) bo‘linmalar, fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammo kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va statistik ko‘rsatkichlarni belgilangan muddatlarda Vazirlik yuborilishini nazorat qilib boradi.

o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech