Mukofotlar

Zulfiya mukofoti haqida

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yilning 4 mart kuni "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlari topshiriladi.

Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlaydi.

Zulfiya shoira haqida

Zulfiya (1915—1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 - 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 - 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o'rtog'i, o'ziga xos she'riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste'dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.

Zulfiya (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (qarang "Saodat") jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.

Call-center
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech